Biz Haqimizda

Toshkent politexnika muzeyi "UZAUTOSANOAT" AJ tashabbusi bilan 2015 yil noyabr oyida tashkil etilgan. Muzey ikki qavatni o'z ichiga oladi: birinchi qavatda siz umuman avtomobilsozlik tarixi va xususan O'zbekistonda avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishi bilan tanishishingiz mumkin; ikkinchi qavat yoki Interaktiv ko'rgazma qismida siz tabiiy fanlarni interaktiv faol tarzda o'rganishingiz mumkin.

Ish vaqti:
seshanba-yakshanba
10:00-18:00
Dam olish kuni: dushanba

Muzeyimiz
2 qavatdan iborat  
 

Biz bilan vaqtingizni maroqli o'tkazing! 
 

1-qavat - "Jahon avtomobilsozligi tarixi" bo'limi

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Haqiqiy "Folksvagen qo'ng'iz", "Moskvich-400", "Chayka GAZ-13"ni ko'rishni xohlaysizmi? Muzey ekspozitsiyasi taqdim etadigan jahon avtomobilsozligining nodir namunalari ro'yxati faqatgina ushbu avtomobillar bilangina cheklanmaydi.
"Jahon avtomobilsozligi tarixi" bo'limi nafaqat retro-avtomobillar ixlosmandlarini, balki oddiy kishilar e'tiborini ham o'ziga jalb etadi.
Bu yerda insoniyatning buyuk kashfiyoti – g'ildirakning ixtiro qilinishi tarixi bilan tanishish, tezkor harakat davrining darakchilari bo'lmish ilk avtomobillar maketlarini ko'rish, retro avtomobillardan bahramand bo’lish va seriyali ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil tarixidan boxabar bo'lish mumkin.
O'zbekistonda birinchi tramvay, avtobus yoki trolleybus qachon paydo bo'lganidan xabardormisiz? Siz O'zbekiston transport tarixi bilan tanishish barobarida, "Navoiy ko'chasi" installyasiyasi orqali 1950-yillar muhitiga tushib qolasiz va Toshkentning eng mashhur ko'chasi o'tmishda qanday bo'lganini eslaysiz.
Ekspozitsiyaning "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" bo'limi yurtimizdagi qishloq xo'jalik texnikasining tarixiy rivojlanishi haqida batafsil hikoya qiladi. Ma'lumki, O'zbekistonning aynan qishloq xo'jalik mashinasozligi sohasidagi ko'p yillik tajribasi respublikamiz avtomobilsozligi uchun poydevor vazifasini o'tagan edi.
Ko’rgazmada yerga ishlov beruvchi mehnat qurollari – ketmon va omochdan boshlab, bugungi zamonaviy Axos-340 CLAAS traktorlarigacha bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikasi taraqqiyotini kuzatish mumkin.
Dehqon mehnatini anchagina yengillashtirgan dastlabki "Fordzon" (1924 y.) va "Universal" (1934 y.) traktorlari muzey kolleksiyasining iftixori sanaladi.  

1-qavat - "O'zbekiston avtomobilsozligi tarixi" bo'limi

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

O'zbekiston avtomobilsozligining yo'lga qo'yilishi mamlakatimiz tarixida yorqin sahifa ochdi.
Muzey ekspozitsiyasi o'zbek avtosanoatining ahamiyatga molik barcha jihatlarini aks ettiradi! Siz bu yerda "O'zavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi korxonalar maydoni, sexlarning joylashuvi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ko'plab ma'lumotlar olishingiz mumkin. Turli yillar mobaynida UzAuto avvalgi "General Motors Uzbekistan" konveyeridan chiqqan birinchi o'zbek avtomobillari faqatgina bizning muzeyda taqdim etiladi. Ular orasida kapot qismiga Respublikamizning ilk Prezidenti Islom Karimov dastxat qoldirgan avtomobillar alohida o'rin tutadi.
Avtomobil yig'ish uchun qancha jamlovchi detal kerak bo'lishi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz? Avtomobilsozlikdan uzoq bo'lgan odam uchun bu savolga javob topish qiyinroq. "Spark avtokomponentlari" ekspozitsiyasi avtomobil yig'ish uchun zarur bo'lgan barcha qismlarni namoyish etadi.
"O'zbekiston avtomobilsozligi tarixi" bo'limiga taqdim etilgan noyob 3D Mapping shou "Spark" avtomobilining bo'yaladigan barcha rang spektrlarini, uning dinamik xususiyatlari va ishonchliligini aks ettiradi. Tarixiy shaharlarimiz bo'ylab minglab kilometr masofani bosib o'tish asnosida avtomobil o'z tashqi ko'rinishini ham o'zgartirib boradi.
Kinetik skulptura bugungi kunda eng ommabop san'at turlaridan biri sanaladi. Ekspozitsiyadagi metall sferalar installyatsiyasi Markaziy Osiyo mintaqasida yagona! 

 Interaktiv mashg'ulot (praktikum)

Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder
Mobirise Website Builder

Haqiqiy "Folksvagen qo'ng'iz", "Moskvich-400", "Chayka GAZ-13"ni ko'rishni xohlaysizmi? Muzey ekspozitsiyasi taqdim etadigan jahon avtomobilsozligining nodir namunalari ro'yxati faqatgina ushbu avtomobillar bilangina cheklanmaydi.
"Jahon avtomobilsozligi tarixi" bo'limi nafaqat retro-avtomobillar ixlosmandlarini, balki oddiy kishilar e'tiborini ham o'ziga jalb etadi.
Bu yerda insoniyatning buyuk kashfiyoti – g'ildirakning ixtiro qilinishi tarixi bilan tanishish, tezkor harakat davrining darakchilari bo'lmish ilk avtomobillar maketlarini ko'rish, retro avtomobillardan bahramand bo’lish va seriyali ishlab chiqarilgan birinchi avtomobil tarixidan boxabar bo'lish mumkin.
O'zbekistonda birinchi tramvay, avtobus yoki trolleybus qachon paydo bo'lganidan xabardormisiz? Siz O'zbekiston transport tarixi bilan tanishish barobarida, "Navoiy ko'chasi" installyasiyasi orqali 1950-yillar muhitiga tushib qolasiz va Toshkentning eng mashhur ko'chasi o'tmishda qanday bo'lganini eslaysiz.
Ekspozitsiyaning "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" bo'limi yurtimizdagi qishloq xo'jalik texnikasining tarixiy rivojlanishi haqida batafsil hikoya qiladi. Ma'lumki, O'zbekistonning aynan qishloq xo'jalik mashinasozligi sohasidagi ko'p yillik tajribasi respublikamiz avtomobilsozligi uchun poydevor vazifasini o'tagan edi.
Ko’rgazmada yerga ishlov beruvchi mehnat qurollari – ketmon va omochdan boshlab, bugungi zamonaviy Axos-340 CLAAS va LS1004 traktorlarigacha bo'lgan qishloq xo'jaligi texnikasi taraqqiyotini kuzatish mumkin.
Dehqon mehnatini anchagina yengillashtirgan dastlabki "Fordzon" (1924 y.) va "Universal" (1934 y.) traktorlari muzey kolleksiyasining iftixori sanaladi.  

Bolalar maydonchasi

Shuningdek, muzeyning bolalar maydonchasida kichkintoylar rang-barang sharlar ichida cho'milishi, mitti mashina va motosikllarda sayr qilishi, o'zlarini alpinistlardek his qilib devorlarga tirmashib chiqishlari, emaklab yurishlari, sakrashlari mumkin. Umuman, muzeyda sizning tashrifingiz yoqimli va foydali bo'lishi uchun barcha shart-sharoitlar inobatga olingan!

Murojaat yuborish

Manzil:

Toshkent shahar,
Amir Temur ko'chasi 13uy 

 


E-mail:

politomuseum@mail.com

Ish kunlari:
Seshanba-Yakshanba
09:00 - 18:00
Dam olish kuni:
Dushanba
Bog'lanish

71 232 34 30 
71 232 34 08
+998 55 500 01 14